OOP
...
Kotlin OOP
Kotlin – OOP nima?
OOP Object-Oriented Programming (Ob'ektga Yo‘naltirilgan Dasturlash) degani.
Protsedurali dasturlashda asosiy e'tibor ma'lumotlar ustida amallar bajaradigan funksiyalar yoki metodlarni yozishga qaratiladi, ob'ektga yo‘naltirilgan dasturlashda esa ma'lumot va metodlarni o‘zida mujassam etgan ob'ektlar yaratiladi.
Ob'ektga yo‘naltirilgan dasturlash protsedurali dasturlashga qaraganda bir qancha afzalliklarga ega:
- OOP tezroq va osonroq bajariladi
- OOP dasturlar uchun aniq tuzilma beradi
- OOP Kotlin kodini DRY ("Don't Repeat Yourself" - "O‘zingizni takrorlamang") tamoyiliga mos qiladi va kodni saqlash, o‘zgartirish va nosozliklarni tuzatishni osonlashtiradi
- OOP kamroq kod va qisqa vaqt ichida to‘liq qayta foydalaniladigan dasturlar yaratishga imkon beradi
Maslahat: "Don't Repeat Yourself" (DRY) tamoyili kodni takrorlashni kamaytirish haqida. Dastur uchun umumiy bo‘lgan kodlarni alohida joyga chiqarib, ularni qayta-qayta yozish o‘rniga, shu joydan qayta foydalanish kerak.
Kotlin – Classlar va Ob'ektlar nima?
Classlar va ob'ektlar ob'ektga yo‘naltirilgan dasturlashning asosiy tushunchalaridir.
Quyidagi illyustratsiyada Classlar va ob'ektlar o‘rtasidagi farqni ko‘rishingiz mumkin:
- Class: Meva
- Ob'ektlar: Olma, Banan, Mango
Yana bir misol:
- Class: Mashina
- Ob'ektlar: Volvo, Audi, Toyota
Shunday qilib, Class bu ob'ektlar uchun shablon, ob'ekt esa Classning aniq bir nusxasi hisoblanadi.
Alohida ob'ektlar yaratilganda, ular Classdan barcha o‘zgaruvchilar va metodlarni meros qilib oladi.
Keyingi bobda Classlar va ob'ektlar haqida yana ko‘proq ma'lumot olasiz.
Last updated on